Zeekr mijozlarni chuv tushirdi: ishlatilgan mashinalar yangi sifatida sotilgan

20-iyul 2025 16:00 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Zeekr ishlatilgan avtomobillarni yangi deb sotilgani fosh bo‘ldi / Foto: Zeekr

Xitoyning premium elektromobil brendi Zeekr jiddiy mojaro markazida qoldi. Bu haqda Carnewchina nashri ma’lum qildi.

China Securities Journal tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvga ko‘ra, kompaniya ilgari ro‘yxatdan o‘tgan va sug‘urtalangan avtomobillarni yangi mahsulot sifatida mijozlarga taklif qilgan.

Bunday holatlar Guýan, Chunsin va Guanchjou kabi shaharlarda aniqlangan. Xaridorlar sotib olgan avtomobillarning ilgari boshqa tashkilotlarga rasmiylashtirilgani yoki Xitoyda majburiy yo‘l sug‘urtasi borligini keyinchalik bilib qolishgan. Ba’zi holatlarda esa mijozlarga 2025-yilgi model o‘rniga 2024-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar yetkazib berilgan.

Shuningdek, ayrim savdolar Zeekr’ning hamkori – Xiamen Jianfa Auto orqali amalga oshirilgani aniqlangan. Ushbu kompaniya avtomobillarni sug‘urtalash va mulk huquqini o‘tkazishda vositachi sifatida qatnashgan.

Mutaxassislarning fikricha, Zeekr ayrim avtomobillarni boshqa hududlarga yo‘naltirib, ularni bilvosita kanallar orqali sotish orqali o‘z savdo ko‘rsatkichlarini sun’iy ravishda oshirgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Geely Zeekr’ning $2,4 mlrdlik aksiyalarini sotib olgan edi.

Shuningdek