Yil boshidan beri Xitoyda eng ko‘p sotilgan avtomobillar ma’lum bo‘ldi

21-iyul 2025 13:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
geely
2025-yilning birinchi yarmida Xitoyda eng ko‘p sotilgan avtomobillar / Foto: E Rucars

2025-yilning birinchi yarmida Xitoyda Top – 100 talika kirgan brendlar tomonidan 7,2 mln dona avtomobil sotilgan. Shundan 4,5 mln donasi Xitoy brendlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Xitoy avtomobil bozorida 2025-yilning yanvar – iyun oylarida eng ko‘p sotilgan model Geely Xingyuan bo‘ldi. Olti oyda bu modeldan 204,9 ming dona sotilgan.

Ikkinchi o‘rinni BYD Seagull egalladi. Yilning dastlabki yarmida 174,9 ming dona sotilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga nisbatan 4,8 foiz ko‘p.

O‘tgan yilgi yetakchi Tesla Model Y bu safar uchinchi o‘rinda qayd etildi. Olti oyda 171,9 ming dona sotilgan. Biroq bu o‘tgan yilga nisbatan 16,9 foizga kam. Bunga raqobat kuchaygani sabab bo‘lishi mumkin.

To‘rtinchi o‘rinda – Wuling Hongguang Mini EV. Ushbu arzon elektromobil 171 ming dona sotilgan.

Beshinchi o‘rinda esa BYD Qin Plus joy oldi. Model elektromobil va gibrid versiyada taklif etiladi. 6 oyda 163,6 ming dona sotilgan, bu o‘tgan yilga qaraganda 32,2 foiz kam. Sababi BYD’ning o‘z ichidagi raqobati, xususan, Seal 06 va Qin L modellari.

Keyingi beshlikda quyidagi modellarga joy tegdi: Xiaomi SU7, Geely Monjaro, BYD Song Plus, Volkswagen Lavida va Nissan Sylphy.

Umuman olganda, Xitoyda eng ko‘p sotilgan 100 ta avtomobil orasidan 64 tasi Xitoy brendlariga tegishli. Ular orasida BYD 14 ta modeli bilan yetakchi. Keyingi o‘rinlarda Geely (10 model), Changan (5) va Wuling (4) joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xitoyda «baxtli raqam» $440 mingga sotilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek