
Chevrolet Cobalt o‘rta segmentdagi eng ommabop avtomobillardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda yanvar – iyun oylarida 67,5 ming dona sotilgan. Ushbu maqola orqali Chevrolet Cobalt avtomobilining qo‘shni davlatlardagi narxi haqida bilib olasiz.

Chevrolet Cobalt – bu ixcham va ishonchli sedan bo‘lib, kundalik foydalanish uchun qulay yechim hisoblanadi. U 1,5 litrli benzin dvigateli bilan jihozlangan. U tejamkorlik va yetarli darajadagi quvvatni ta’minlaydi. Avtomobilning dizayni sodda va zamonaviy ko‘rinishga ega, salonida esa haydovchi va yo‘lovchilar uchun yetarlicha joy mavjud. Cobalt avtomatik yoki mexanik transmissiya variantlarida taklif etiladi. Unda xavfsizlik tizimlari, konditsioner va multimedia qurilmalari kabi zamonaviy funksiyalar mavjud. Bu model narx va sifat nisbati bo‘yicha O‘zbekiston bozorida keng talabga ega.
O‘zbekiston

O‘zbekistonda sotilayotgan avtomobil 1,5 litrli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, unga 5 bosqichli mexanik yoki 6 bosqichli avtomat uzatmalar qutisi o‘rnatiladi.
Yukxona hajmi 563 litrni tashkil etadi. Bu katta yuklarni bemalol joylashtirish imkonini beradi. Avtomobilning maksimal quvvati 106 ot kuchi bo‘lib, yo‘lda yetarlicha tezlik va harakatchanlikni ta’minlaydi.
O‘rtacha yoqilg‘i sarfi 6,7 litrni tashkil qiladi. Bu uni iqtisodiy va tejamkor transport vositasiga aylantiradi. Ayni paytda ushbu modelni navbatsiz sotib olish imkonsiz. Chevrolet Cobalt avtomobili uchun oxirgi marta 16-yanvarda shartnoma ochilgan. O‘sha paytda imzolangan shartnomalardagi avtomobillar olti oy muddatda yetkazib berishi belgilangan edi.
Mavjud komplektatsiyalar va narx:
Model | Narxi (so‘m) | Narxi ($) |
---|---|---|
GX-Optima AT-Plus | 146,4 million so‘m | $11,600 |
GX-Style AT Plus | 147,9 million so‘m | $11,700 |
GX-Midnigt AT | 155 million so‘m | $12,300 |
Qozog‘iston

Qozog‘istonda mazkur avtomobilning boshlang‘ich narxi 6 490 000 tengeni tashkil etadi.
U avtomatik uzatmalar qutisi (AKPP) bilan jihozlangan va 105 ot kuchiga ega bo‘lgan dvigatel bilan harakatlanadi.
Avtomobil old g‘ildirakdan tortuvchi (peredniy privod) tizimiga ega bo‘lib, shahar va trassada ishonchli yurishni ta’minlaydi.
Mavjud komplektatsiyalar va narx:
Model | Yili | Narxi (tenge) | Narxi ($) |
---|---|---|---|
Optimum AT | 2024 | 6 490 000 | $12,200 |
Optimum AT | 2025 | 6 790 000 | $12,800 |
Elegant AT | 2024 | 6 690 000 | $12,600 |
Elegant AT | 2025 | 6 690 000 | $13,200 |
Qirg‘iziston

Qirg‘izistonda mazkur avtomobil 106 ot kuchiga ega benzinli dvigatel bilan jihozlangan.
Unga mexanik yoki avtomatik uzatmalar qutisi o‘rnatilishi mumkin.
O‘rtacha yoqilg‘i sarfi 6,5 litrni tashkil qiladi (aralash rejimda).
Avtomobil old g‘ildirakdan tortuvchi tizimga ega.
Model | Narxi (qirg‘iz so‘mida) | Narxi ($) |
---|---|---|
Chevrolet Cobalt | 1 200 000 qirg‘iz so‘m | $13,700 |
Rossiya

Mazkur avtomobil 1,5 litrli dvigatelga ega bo‘lib, mexanik yoki avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Maksimal quvvati 105 ot kuchidan iborat, bu kuch 5800 aylanish/minutda hosil bo‘ladi. Maksimal aylanish momenti — 134 Nm.
Eng yuqori tezligi — 170 km/soat. 0 dan 100 km/soatgacha tezlanish — 11,7 soniya.
Yoqilg‘i sarfi:
- Shahar ichida — 8,4 litr (avtomatda 10,4 l)
- Trassada — 5,3 litr (avtomatda 5,9 l)
- O‘rtacha sarf — 6,5 litr (avtomatda 7,6 l)
Model | Narxi (rubl) | Narxi ($) |
---|---|---|
Chevrolet Cobalt 1.5 MT LS | 815 000 rubl | $10,400 |
Chevrolet Cobalt 1.5 MT LT | 950 000 rubl | $12,100 |
Chevrolet Cobalt 1.5 AT LT | 993 000 rubl | $12,600 |
Chevrolet Cobalt 1.5 AT LTZ | 1 008 000 rubl | $12,700 |
Tojikiston va Turkmanistonda ushbu modellarni rasmiy diler yoki avtosalondan xarid qilish imkonsiz. Xorijdan olib kirilgan avtomobillar turi, ishlab chiqarilgan sanasi va qiymatiga qarab farq qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt sotib olishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida yozgan edi.