Hasanboy Do‘stmatov professional boksdagi yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Bishkekda o‘tgan boks kechasida

Ikki karra Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘stmatov Bishkekda o‘tgan boks kechasida filippinlik Mark Antonio bilan jang qildi. Ochkolar hisobiga ko‘ra Do‘stmatov g‘alaba qozonib, professional boksdagi yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Sakkiz raundga mo‘ljallangan bellashuv yakunida hakamlar bir ovozdan g‘alabani Do‘stmatovga berdi. Bu Hasanboyning professional boksdagi ketma-ket yettinchi g‘alabasi bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Usik Dyuba ustidan nokaut bilan g‘alaba qozonib, uch karra jahon chempioniga aylangani haqida xabar bergan edi.

19-iyul kuni Londondagi «Uembli» stadionida ukrainalik bokschi Aleksandr Usik britaniyalik raqibi Daniel Dyubani beshinchi raundda nokautga uchratib, professional boksda uchinchi bor mutlaq jahon chempioni bo‘ldi.

Shuningdek