
Honda kompaniyasi Goodwood tezlik festivali doirasida o‘zining yangi elektromobili Honda Super EV Concept nomli kompakt krossoverni namoyish etdi. Bu haqda 4pda nashri xabar bermoqda.
U mashhur Yaponiyadagi N-One modeli asosida yaratilgan. Yangi kontsept avtomobil yopiq radiator panjarasi, zamonaviy old qismlar va yumaloq LED faralar bilan ajralib turadi. Texnik xususiyatlari hozircha oshkor etilmagan, ammo seriyali versiya N-One’ga o‘xshash o‘lchamda bo‘lishi kutilmoqda.
Super EV Concept Honda’ning yangi 0 Series elektromobil qatoriga kiradi. Bu liniyada kompaniya 2030-yilgacha yettita modelni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Dastlab sedan va krossover, keyin esa mana shu kichikroq SUV ishlab chiqariladi.
Honda yangi modelni faqat Yaponiyaga emas, balki jahon bozoriga chiqarishni rejalashtirgan. Avvalroq kompaniya 2027-yilda AQShda yirik elektr SUV chiqarishni mo‘ljallagandi, ammo bu loyiha bekor qilinib, e’tibor gibrid modellarga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honda yo‘ltanlamas CR-V TrailSport gibridini taqdim etgani haqida yozgan edi.