Inflyatsiya pasaydi, lekin metan, yog‘ va go‘sht narxlari keskin oshdi

eʼlon qilindi
Yillik inflyatsiya darajasi 8,7 foizni tashkil etdi
Foto: Sora sun’iy intellektida tayyorlandi

Markaziy bank shu yilning iyun oyi holatiga ko‘ra respublikadagi inflyatsiya ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, umumiy yillik inflyatsiya darajasi 8,7 foizni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi 9,8 foizlik ko‘rsatkichga nisbatan pastroq bo‘lsa-da, aholining kundalik hayoti uchun muhim bo‘lgan mahsulotlar sezilarli darajada qimmatlashgan.

Yuqori narx: metan va paxta yog‘i yetakchilik qilmoqda

Nooziq-ovqat mahsulotlari ichida metan gazi narxi yillik hisobda 36,2 foizga oshgani kuzatilgan. Shu bilan birga, propan ham 11,3 foizga qimmatlagan.

Foto: Markaziy bank

Oziq-ovqat mahsulotlari bozorida esa paxta yog‘i yetakchilik qildi. Uning narxi o‘tgan 12 oy ichida 43,5 foizga oshgan. Mol go‘shti (30,5%), kungaboqar yog‘i (28,9%), kartoshka (36,5%), karam (37,4%) kabi mahsulotlar ham yuqorilagan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari orasida esa narxlar pastlaganlari ham bor: uzum, bodring, pomidor, olma, qovoq va guruch bozor narxlarida biroz yengillik kuzatilgan.

Foto: Markaziy bank

Ayrim maishiy texnika vositalarida narxlar pasaygan. Xususan, konditsionerlar 0,4%, televizorlar va mobil telefonlar esa 1 foizga arzonlashdi.

Statistikaga ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarmida iste’mol savatidagi jami 265 ta tovar va xizmatlardan 105 tasigina yillik 10 foizdan yuqori narx o‘sishini ko‘rsatgan. Bu 2022-yildagi 265 tadan ancha kam. Ammo aholi budjeti uchun eng muhim mahsulotlarda narxlar hanuz o‘sishda davom etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri iyun oyida Oʻzbekistonda inflyatsion kutilmalar pasaygani haqida yozgandi.

Shuningdek