Xorijiy investorlar kengashi huzurida yangi kotibiyat tashkil etiladi

eʼlon qilindi
U nodavlat notijorat tashkiloti maqomida faoliyat yuritadi
Investitsiyalar kengashi huzurida maxsus kotibiyat tashkil etiladi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Xorijiy investorlar kengashi huzurida yangi kotibiyat tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorni qabul qildi.

Qarorga ko‘ra, kotibiyat nodavlat notijorat tashkiloti maqomida faoliyat yuritadi hamda investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy investorlarni jalb etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.

Mazkur kotibiyat xorijiy investorlar bilan bevosita ishlaydi, loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya mablagʻlarini jalb qilishda koʻmaklashadi.

Shuningdek, mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazadi va Kengash faoliyatini davlat idoralari bilan muvofiqlashtirib boradi. Yangi tashkilot tarkibiga xalqaro moliyaviy institutlar ham jalb qilinadi.

Shu bilan birga, prezident qarori bilan Xorijiy investorlar kengashining Oʻzbekiston tomoni tarkibi yangilandi. Ma’lumot uchun, Kengash 2019-yilda hukumat va xorijiy biznes oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Saida Mirziyoyeva o‘z lavozimida qanday vakolatlarga ega bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek