Fan

Janubiy Koreya 2045-yilgacha Oyga baza qurishni rejalashtirmoqda

21-iyul 2025 11:29 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Janubiy Koreya 2045-yilgacha Oy bazasini qurishni rejalashtirmoqda / Foto: Yonhap

Koreya Aerokosmik boshqarmasi (KASA) yangi milliy kosmik tadqiqot yo‘l xaritasini e’lon qildi. Bu haqda The Korea Times nashri ma’lum qildi.

Rejaga ko‘ra, mamlakat 2045-yilgacha Oyda ilk iqtisodiy bazasini barpo etishni maqsad qilgan.

KASA Oyga qo‘nish, harakatlanish va resurslardan foydalanish bo‘yicha texnologiyalarni ishlab chiqmoqda. 2040-yilgacha logistikaga xizmat qiluvchi Oy qo‘nuvchisi yaratiladi, 2045-yilgacha esa to‘laqonli Oy bazasi quriladi.

Bundan tashqari, Quyosh faoliyatini kuzatish, chuqur koinotni o‘rganish kabi loyihalar ham rejada mavjud. 2035-yilgacha Quyoshni kuzatuvchi sun’iy yo‘ldoshni Lagrange L4 nuqtasiga uchirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA suyuq yonilg‘ini saqlash uchun yangi sovitish tizimini sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek