
O‘zbekiston birinchi prezidentining 26 yoshli nabirasi Maryam Tillayeva ikkinchi bor turmushga chiqishga tayyorlanmoqda. Uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i o‘zidan uch yosh kichik.
Tillayevaning aytishicha, ular ilk bor Fransiya Alp tog‘larida joylashgan Kurshevel tog‘ chang‘i kurortida uchrashgan. Shuningdek, u Instagram obunachilarini sevgiga ishonish va o‘zlariga sodiq qolishga chaqirdi.
«O‘zbekistonda o‘tkazgan uch kun ichida sen barcha do‘stlarimni, butun oilamni va meni so‘zsiz o‘zingga bog‘lab qo‘yding», – deb yozdi u Instagram sahifasida.
Ayrim manbalarga ko‘ra, Tillayevaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Arnold Kazaryan ismli Rossiya fuqarosi. Uning birinchi turmush o‘rtog‘i esa «Dnevnik Xacha» blogining asoschisi Amiran Sardarov bo‘lgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jeff Bezos va Loren Sanchesning $50 millionlik to‘yi haqida yozgandi.