
Meta kompaniyasi Yevropa Ittifoqining sun’iy intellekt bo‘yicha xulq-atvor kodeksini «ortiqcha va innovatsiyalarga xavf soluvchi» deb baholab, uni imzolamasligini ma’lum qildi. Bu haqda TechCrunch ma’lum qildi.
Kompaniya vakili Joël Kaplan bu kodeks ishlab chiquvchilar uchun huquqiy noaniqliklar keltirib chiqarishini va AI Act doirasidan ortiqcha talablarni yuklashini ta’kidladi.
Yangi qoidalar 2-avgustdan kuchga kiradi va OpenAI, Meta, Google kabi kompaniyalarning umumiy maqsadli SI modellariga taalluqli bo‘ladi. Ular pirat kontentdan foydalanishni taqiqlaydi va shaffoflikni oshirishni talab qiladi. Meta bu yondashuv Yevropada ilg‘or texnologiyalar rivojiga to‘sqinlik qilishi mumkinligini bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta rahbariyatiga qarshi $8 milliardlik sud jarayoni boshlangan edi.