Gadjetlar

Mozilla Firefox 141-versiyada nimalar yangilandi

SI yordamida tablar, xotira tejalishi va yangi funksiyalar taqdim etildi
Mozilla Firefox 141 yangMozilla Firefox 141-versiyada nimalar yangilandi / Foto: Wired

Mozilla Firefox brauzerining yangilangan 141-versiyasi taqdim etildi. Bu haqda Neowin ma’lum qildi.

Eng muhim yangiliklardan biri – sun’iy intellekt yordamida tablarni avtomatik guruhlarga ajratish funksiyasi bo‘lib, bu xususiyat maxfiylikni ta’minlash uchun qurilmaning o‘zida ishlaydi.

Shuningdek, Firefox endi kamroq operativ xotira ishlatadi, yangilanishdan keyin Linux foydalanuvchilari qayta yuklashsiz ishlashda davom etishi mumkin. Windows 11 foydalanuvchilari uchun esa brauzer tizimdagi shriftlardan foydalanadi.

Yana bir muhim yangilik – Windows tizimi uchun WebGPU texnologiyasi joriy etildi. Bu murakkab grafik va hisob-kitoblarni tezlashtirish imkonini beradi.

Firefox, shuningdek, manzil satrini birliklar konvertori sifatida ishlatish, yangi tillar va lug‘atlar qo‘shish kabi imkoniyatlarga ham ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT yangilangan edi.