Fan

NASA suyuq yonilg‘ini saqlash uchun yangi sovitish tizimini sinovdan o‘tkazmoqda

Tizim geliy yordamida yoqilg‘i haroratini −253°C darajada ushlab turishi mumkin
NASA suyuq yoqilg‘ini saqlash uchun yangi sovitish tizimini sinovdan o‘tkazmoqda / Foto: NASA / Kathy Henkel

NASA uzoq muddatli kosmik parvozlar uchun suyuq vodorod va kislorodni barqaror saqlash muammosini hal qilishga urinmoqda. Bu haqda kosmik tashkilot o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Hozirda Alabama shtatida sinovdan o‘tkazilayotgan ikki bosqichli sovitish tizimi geliy yordamida yoqilg‘i haroratini −253°C darajada ushlab turadi. Ushbu tizim birinchi konturda tashqi issiqlikni to‘sadi, ikkinchisi esa yoqilg‘i bakini sovitadi.

Kriogenik texnologiyalar hozircha qisqa muddatli missiyalarda ishlatiladi, biroq Mars kabi uzoq masofalarga uchishda oylar davomida yonilg‘ini saqlash zarur. Yangi texnologiya bu yo‘qotishlarni kamaytiradi va missiyalar xavfsizligini oshiradi. NASA sentabrga qadar sinovlarni yakunlab, uni amaliyotga joriy etishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA va Yaponiya «sokin» parvozga moʻljallangan X-59 samolyotini sinovdan oʻtkazgan edi.