Norin daryosi sohili zamonaviy sayyohlik maskaniga aylantiriladi

eʼlon qilindi
Bu orqali 450 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi
Norin daryosi sohili zamonaviy sayyohlik maskaniga aylantiriladi / Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Norin GESlari atrofida tashkil etilayotgan sayyohlik loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

Uychida joylashgan 20 gektar yer maydonida sayilgoh, ko‘p qavatli uylar, sport maydonchalari, suzish havzalari, dam olish maskanlari va kemping zonalari barpo etiladi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shuningdek, Uchqo‘rg‘on tumanidan 12 km masofada joylashgan Norin daryosi va 5 ta yirik kanal o‘zining tabiiy go‘zalligi, tiniq suvlari bilan turizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

Viloyat hokimi 30 gektarlik turistlar uchun mo‘ljallangan mega-loyiha taqdimotida qatnashib, qurilish ishlariga rasmiy start berdi. Loyihaga akvapark, dam olish kapsulalari, interaktiv attraksionlar, gullar bog‘i, amfiteatr, restoranlar va ko‘prikli saylgohlar kiritilgan. Natijada 450 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parkentda $1,8 milliardlik 52 ta turistik loyiha amalga oshirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek