O‘zbekiston xalqaro snayperlar musobaqasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi jamoasi «O‘tkir tig‘–2025» xalqaro snayperlar musobaqasida umumiy hisobda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqa 12–20-iyul kunlari Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida o‘tkazildi.
Musobaqada 25 ta davlatdan kelgan 45 ta jamoa ishtirok etgan. Bellashuv 4 ta asosiy yo‘nalishda o‘tkazildi va har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida sovrinli o‘rinlar belgilandi.
O‘zbekiston jamoasi yakkalik va ekstremal sharoitdagi mashqlarda ham yuqori natijalar ko‘rsatib, jami 8 ta medal, 10 ta diplom, qimmatbaho sovg‘alar va musobaqa kubogi bilan taqdirlandi.
Musobaqada Vyetnam, Janubiy Koreya, Belorussiya, Rossiya, Ispaniya, Liviya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Indoneziya, Vengriya va Kuba kabi davlatlar vakillari ham qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari Rossiya chegarasida diniy kontent sabab mamlakatga kiritilmayotgani aytilgani haqida yozgan edi.