Banklar va moliya

O‘zbekistonda xotin-qizlarning yarmida moliyaviy hisob raqam mavjud – Global Findex 2025

2024-yilda 50 foizga yetgan
Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Jahon bankining Global Findex 2025 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda moliyaviy hisobga ega bo‘lgan xotin-qizlarning ulushi 2017-yildagi 28 foizdan 2024-yilda 50 foizgacha oshgan. Tadqiqotda bank hisoblari bilan bir qatorda mobil hisoblar ham inobatga olingan. Ushbu hujjat namunasi Kursiv Uzbekistan’da mavjud.

Mobil ilovalar orqali moliyaviy xizmatlardan foydalanish ham sezilarli darajada kengaydi. 2024-yilda katta yoshdagilar orasida 24 foizi mobil hamyonlardan foydalangan, 2017-yilda bu ko‘rsatkich atigi 5 foizni tashkil etgan.

Ayniqsa, mobil xizmatlar qishloq joylarda ommalashmoqda, chunki bu hududlarda an’anaviy banklar faoliyati sustroq.

Shuningdek, so‘nggi 12 oyda O‘zbekiston aholisining 34 foizi raqamli to‘lovlar amalga oshirgan.

Global Findex ma’lumotlari Jahon banki tomonidan 2011-yildan beri 120 dan ortiq mamlakatlarda olib borilayotgan so‘rovnomalar asosida tuziladi. 2025-yilgi hisobot 2024-yilda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda ayollarda ipoteka kreditiga bo‘lgan talab 4 foizga oshgani haqida yozgandi.