O‘zbekistonliklarning Vyetnamga turistik tashriflari 3,7 baravarga oshdi

eʼlon qilindi
11,5 ming nafarga oshgan
O‘zbekistonliklarning Vyetnamga turistik tashriflari 3,7 barobarga oshdi. Foto: Ijtimoiy tarmoqdan olindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – may oylarida 15,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi Vyetnamga turistik maqsadlarda safar qilgan.

Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,5 ming nafarga yoki 3,7 baravarga ko‘p.

Mazkur davlatga borgan fuqarolarning safar maqsadlari quyidagicha taqsimlangan:

  • 14 611 nafari sayyohlik;
  • 1 182 nafari qarindoshlarini yo‘qlash;
  • 6 nafari xizmat yuzasidan;
  • 2 nafari o‘qish maqsadida borgan.

Bundan oldin o‘zbekistonliklarning katta qismi qo‘shni davlatlarga sayohat qilayotgani haqida yozgandik.

Unga ko‘ra, eng ko‘p sayohat Qirg‘izistonga bo‘lib, 1,190 mln nafar fuqaro safar qilgan. Tojikiston 502 ming kishi bilan ikkinchi o‘rinda, Qozog‘iston esa 468 ming nafar sayohatchi bilan uchinchi pog‘onada qayd etilgan. Saudiya Arabistoniga 145 ming kishi safar qilgan bo‘lsa, Rossiyaga 125 ming, Turkiyaga esa 88,6 ming nafar o‘zbekistonlik chiqqan.

Shuningdek, BAAga 71 ming, Misrga 30 ming, Tailandga 16,5 ming va Vyetnamga 15,8 ming fuqaro safar qilgan. Qolgan 93 ming nafar fuqaro esa boshqa mamlakatlarga yo‘l olgan.

Shuningdek