Qatar Airways samolyotlarida Starlink interneti ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Boeing 777 rusumidagi 54 ta samolyotida
Boeing 777. Foto: Qatar Airways

Qatar Airways aviakompaniyasi Boeing 777 rusumidagi barcha 54 ta samolyotini Starlink interneti bilan jihozladi. Bu haqda Avianews nashri xabar berdi.

Endi parvoz chog‘ida yo‘lovchilar nafaqat uchish yoki qo‘nish vaqtida, balki samolyot uchayotganda ham to‘liq va bepul internetdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Aviakompaniya bergan ma’lumotga ko‘ra, samolyot bortidagi internet tezligi 500 Mbit/s gacha yetadi. Bu ko‘rsatkich hozirda zamonaviy optik tolali internet tarmoqlariga teng va hattoki uydagidan tezroq ishlaydi. Signal kechikishi esa atigi 20 – 40 millisoniyani tashkil etadi.

Dastlab aviakompaniya bu tizimni 2 yil davomida joriy qilishni rejalashtirgandi, biroq muhandislar modernizatsiyani atigi 9 oyda yakunladi. Har bir samolyotni jihozlash ishlari odatdagi uch kun o‘rniga atigi 9,5 soatda amalga oshirildi.

Kompaniya kelgusi yilda 60 ta Airbus A350 bortida ham Starlink internetini ishga tushirishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, Starlink – bu SpaceX kompaniyasining sun’iy yo‘ldoshlar asosidagi internet tarmog‘i bo‘lib, u geostatsionar sun’iy yo‘ldoshlar bilan bog‘liq kechikish va uzilishlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilning eng yaxshi to‘liq xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniyalar ro‘yxatida Qatar Airways ham borligi haqida yozgandi.

Shuningdek