
Banklar 21-iyul sanasiga mo‘ljallangan yangi valyuta kurslarini e’lon qildi. Kursiv Uzbekistan ma’lumotlariga ko‘ra, dollarning eng past sotuv narxi va eng yuqori xarid kursi quyidagicha belgilangan.
AQSh dollari
Eng yuqori xarid kursi: 12 570 so‘m — «Mikrokreditbank»
Eng arzon sotuv kursi: 12 600 so‘m — «Asakabank»
Yevro
Eng yuqori xarid kursi: 14 420 so‘m — «NBU»
Eng arzon sotuv kursi: 14 670 so‘m — «Infinbank»
Rossiya rubli
Eng yuqori xarid kursi: 150 so‘m — «Hamkorbank», «Kapitalbank»
Eng arzon sotuv kursi: 161 so‘m — «Infinbank»
Ma’lumot o‘rnida, valyuta kurslari kun davomida o‘zgarib turishi mumkin. Yangilangan narxlar banklarning rasmiy saytlarida va ilovalarida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 18-iyul kuni dollar kursi 79,98 so‘mga pastlab, 12 578,21 so‘mni qayd etgani haqida yozgan edi.