Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

eʼlon qilindi
Yer silkinishining chuqurligi 10 km
Foto: depositphotos.com

Bugun, 21-iyul kuni soat 10:38 da Qirg‘iz Respublikasining O‘sh viloyatida 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi.

Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 3,7 ballni tashkil etgan. Yer silkinishining chuqurligi 10 km bo‘lib, episentr Toshkent shahridan 348 km janubiy-sharqda joylashgan.

Zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi:

  • Xonobod tumanida sezilish kuchi 2-3 ball, masofa – 29 km;
  • Qo‘rg‘ontepa tumanida sezilish kuchi 2 ball, masofa – 36 km.

Episentr koordinatalari: 40,66° shimoliy kenglik, 73,28° sharqiy uzunlik.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxoroda zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek