Redmi K90 seriyasi haqida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

21-iyul 2025 15:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Redmi K90
Redmi K90 seriyasi haqida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi / Foto: Vopmart

Yangi Redmi K90 smartfonlari haqida muhim ma’lumotlar oshkor qilindi. Modellarda katta yangilanishlar bo‘ladi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Yangi liniyada barcha modellarga 50 MP teleobyektivli kamera, yangi ekran, metall ramka, ultratovushli barmoq skaneri va 7000 mA·soatdan ortiq batareya o‘rnatiladi. Katta ehtimol bilan batareya 7410 mA·soat bo‘ladi.

Shuningdek, smartfonlar 100 Vt tezkor quvvatlash va IP68 himoya darajasiga ega bo‘ladi. Bu funksiyalar Redmi K90 va K90 Pro modelida ham bo‘ladi.

Ularning asosiy farqi — protsessor platformasi bo‘ladi. K90 Pro modeli Snapdragon 8 Elite Gen 2, oddiy K90 esa biroz oddiyroq Snapdragon 8 Elite chipida ishlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Redmi Turbo 5 haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek