
Xiaomi kompaniyasi Redmi Turbo 5 nomli yangi o‘rta toifa smartfoni ustida ishlamoqda. Smartfon haqda bir qator ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Smartfon MediaTek’ning hali taqdim etilmagan Dimensity 8500 Ultra chipida ishlaydi. Bu esa uni avvalgi model – Dimensity 8400 Ultra bazasidagi Redmi Turbo 4’dan kuchliroq qiladi.
Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi Turbo 5 6,6 dyuymli, 1,5K aniqlikdagi ekran, metall ramka va yupqa, katta sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi.
Rasmiy taqdimot sanasi hali noma’lum. Biroq taxminlarga ko‘ra, Redmi Turbo 5 2025-yil oxirigacha taqdim etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 15T Pro smartfoni qanday xususiyatlarga egaligi haqida yozgan edi.