Rossiyaning 22 bankiga nisbatan moliyaviy cheklovlar joriy qilindi

eʼlon qilindi
Ular orasida «T-Bank», «Surgutneftgazbank», «Yandeks-bank» va «Ozon-bank» ham bor
Yevroittifoq Rossiyaning 22 bankiga nisbatan moliyaviy cheklovlar joriy qildi. Foto: TASS

Yevropa Ittifoqi kengashining 18-sanksiya paketiga muvofiq, Rossiyaning 22 banki va Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RTIJ) ustidan yangi moliyaviy cheklovlar o‘rnatildi. Bu haqda «Kommersant» nashri xabar berdi.

Ular orasida «T-Bank», «Surgutneftgazbank», «Yandeks-bank» va «Ozon-bank» ham bor.

Sanksiyalarga tushgan kredit tashkilotlarining ro‘yxati Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etildi. Unda quyidagilar ham ko‘rsatilgan: «Sankt-Peterburg» banki, «SentroKredit» banki, «Metkombank», «Severgazbank», «Genbank», «Bistrobank», «Energotransbank», «Tatsotsbank», «Finam», «Zenit», «Ekspobank», «Loko-bank», «DOM.RF», «Transstroybank», «MSP Bank», «Lanta-bank», «Bank 131», «RostFinans Bank».

Endi ushbu banklar bilan har qanday moliyaviy operatsiyalar, jumladan, ilgari SWIFT (Butunjahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiya jamiyati) tizimidan uzilgan banklar bilan ham barcha bitimlar taqiqlanadi.

Shuningdek, RTIJ, uning sho‘ba fondlari va aloqador kompaniyalari bilan tranzaksiyalar ham butunlay cheklab qo‘yildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu qadam sanksiyalarni kuchaytirib, Rossiya moliya tizimini izolyatsiya qilishga qaratilgan.

Shuningdek, 18 nafar jismoniy va 41 nafar yuridik shaxsga nisbatan cheklovlar joriy etildi. Ular orasida «Mosfilm» bosh direktori Karen Shaxnazarov, «Polimer» AJ va «Rubin» NNT bor.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 18-sanksiyalar paketini tasdiqlagani haqida yozgandik.

Sanksiyalar doirasida, Rossiya neftiga qo‘yilgan narx chegarasi ham pasaytirilmoqda. Reuters agentligi manbalariga ko‘ra, yangi limit $47,6ni tashkil qilishi mumkin. Avvalgi narx $60 edi.

Shuningdek