«TGhamyon» MCHJ kripto-depozitariy faoliyati uchun litsenziya oldi
eʼlon qilindi
Kompaniya Telegram messenjeridagi «Wallet» servisining egasi tomonidan tashkil etilgan

«TGhamyon» MChJga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida kripto-depozitariy faoliyatini yuritish uchun rasmiy litsenziya berildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi.
Mazkur kompaniya Telegram messenjeridagi «Wallet» servisining egasi – «Wallet Global Ventures Limited» tomonidan tashkil etilgan.
Litsenziya to‘g‘risidagi ma’lumotlar Agentlikning elektron reyestriga kiritilib, rasmiy veb-sahifada e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xakerlar Paragvay prezidentining akkauntiga bitkoin haqida soxta xabar joylashtirgan edi.