Xitoyning Shensi provinsiyasi Transport universitetiga 1,8 mln dollarlik grant ajratdi

Shensi provinsiyasi hukumati Toshkent davlat transport universitetiga umumiy qiymati $1,8 millionga teng ta’lim granti ajratdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Mazkur grant evaziga 10 nafar PhD, 40 nafar magistratura va 60 nafar bakalavriat talabasi Xitoyning Changan universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, dasturlar 1+1 magistratura va 2+2 bakalavriat shaklida amalga oshiriladi.
Ushbu grant dasturi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikning muhim natijalaridan biri bo‘lib, yoshlarga xalqaro tajriba orttirish, zamonaviy bilim olish va nufuzli diplomga ega bo‘lish imkonini beradi.
Bundan oldin 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarida bakalavriat va magistratura bosqichlariga ajratiladigan grant o‘rinlari tasdiqlangani haqida yozgandik.
Unga ko‘ra, joriy yilida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 35 500, magistratura kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha esa 9 922 ta grant o‘rni ajratiladi.