
Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va yana 22 davlat Isroilni G‘azoda olib borayotgan harakatlarini keskin tanqid qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Ular yuzlab falastinliklarning, jumladan, oziq-ovqat tarqatish nuqtalari yaqinida o‘ldirilganini «insoniylikka zid» deb baholab, zudlik bilan urushni to‘xtatishga chaqirdi.
Bayonotda G‘azodagi insoniy yordamning yetkazilishi sekinligi va yuzlab tinch aholining yordam izlar ekan o‘ldirilgani «dahshatli holat» sifatida ko‘rsatildi.
Isroil bu tanqidlarni rad etib, aybni Hamasga yukladi. G‘arb davlatlari esa Isroildan gumanitar yordam oqimini ochishni va xalqaro tashkilotlarga xavfsiz faoliyat yuritish imkonini berishni talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Suriyaning Damashq shahriga havo zarbasi bergan edi.