
Andijon shahrida fuqaro 197 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish uchun olib kelayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Shuningdek, Toshkent shahar Chilonzor tumanida ham bir fuqaro «Zardeks» dorisining 50 donasini 3,7 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Har ikkala holatda ham dorilar daliliy ashyolar sifatida olib qo‘yildi.
Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ozdiruvchi kuchli kofelarning savdosiga chek qo‘yilgan edi.