Apple bukiladigan iPhone’ni iOS 27 bilan taqdim etishi kutilmoqda

22-iyul 2025 12:27 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
iPhone
Apple bukiluvchi iPhone’ni iOS 27 bilan taqdim etadi. Foto: GSMArena

Bloomberg nashri muxbiri Mark Gurmanning yozishicha, iOS 27 versiyasi buklanadigan ekranlar va ular uchun zarur bo‘lgan interfeys yechimlariga yo‘naltirilgan funksiyalarni o‘z ichiga oladi.

«Apple yangi form-faktorga moslashtirilgan dasturiy funksiyalarga ustuvorlik beradi», – deyiladi Gurman.

Ya’ni Apple oddiy iPhone bilan bir xil iOS’da ishlaydigan bukiluvchi iphone chiqarishni xohlamaydi.

Mazkur tafsilotga ko‘ra, Apple bukiluvchi smartfonlarni aynan Xitoy bozoriga yanada chuqurroq kirib borish uchun tanlamoqda.

«Bu format, ayniqsa, Xitoyda ommalashdi, bu Apple o‘z mavqeyini mustahkamlashga intilayotgan muhim bozor sanaladi. Xiaomi, Honor, Huawei va Vivo kabi mahalliy brendlar allaqachon bukiluvchi modellarni taqdim etgan, mintaqa iste’molchilari esa aynan kitob shaklidagi bukiluvchi form-faktorni yangi paydo bo‘layotgan g‘ilofli flip-dizaynga nisbatan afzal ko‘rmoqda», – deyiladi xabarda.

Apple odatdagidek mukammal ishlangan interfeysga ega bukiluvchi modelni taqdim etsa, kompaniya Xitoy bozorida mustahkamroq o‘rnashib olishi mumkin.

Bundan oldin ushbu iPhone Fold prototipi sinov bosqichiga kirgani haqida yozgandik.

Prototip sinovlari 2025-yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda. Shundan so‘ng qurilma muhandislik sinov bosqichiga (EVT) o‘tadi. Agar hammasi rejadagidek kechsa, bukiluvchi iPhone 2026-yil sentabrda iPhone 18 seriyasi bilan birgalikda taqdim etiladi.

Hozircha Apple bukiluvchi iPad ustidagi ishlanmalarni to‘xtatgan. Sababi ishlab chiqarishdagi murakkabliklar va xaridorlar talabining pastligi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bukiluvchi iPhone 7,8 dyuymli Samsung ishlab chiqargan OLED ekran bilan jihozlanadi. Kamera displey ostida joylashadi, Face ID bo‘lmaydi, lekin yon tomonda Touch ID bo‘ladi. Ekran bukilgan joyi deyarli ko‘rinmas bo‘lishi aytilmoqda. Qurilmaning qalinligi bukilgan holatda atigi 9-9,5 mm bo‘ladi. Bundan tashqari, bukiluvchi iPhone $2100 – $2300 atrofida bo‘lishi mumkin.

Apple korpusda titan qotishmasidan, bukiladigan joyda esa suyuq metalli ilgakdan foydalanishi kutilmoqda. Bu konstruksiya uzoq muddatli mustahkamlikni ta’minlashi kerak.

Shuningdek