Banklardagi mikroqarz va avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi pasaydi

eʼlon qilindi
Mikroqarzlar bo‘yicha 34,8%, avtokreditlarda esa 24,2%
Mikroqarz
Banklardagi mikroqarz va avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi pasaydi. Foto: marketing.lasers@ya.ru / depositphotos.com

21-iyul holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 34,8 foizni tashkil etmoqda. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23 foizni ko‘rsatmoqda.

14-iyul holatiga ko‘ra, mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi 35,4 foizni tashkil etgandi.

Eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «TBC bank» – 40,5%;
  • «Hayot bank» – 40%;
  • «Anor bank» – 39,9%;
  • «Tenge bank» – 39,8%;
  • «Apex bank» – 39,7%.
Foto: Markaziy bank

Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:

  • «Aloqabank» – 21,7%;
  • «Infin bank» – 25,7%;
  • «NBU» – 26%;
  • «OFB» – 26,4%;
  • «BRB» – 26,7%.

Avtokreditlar

Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha yillik foiz stavkasi 24,2% etib belgilangan. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23 foizni ko‘rsatmoqda.

14-iyul holatiga ko‘ra, avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 24,3 foizni tashkil etgandi.

Eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:

  • «Ipoteka bank» – 20,8%;
  • «OFB» – 21,4%;
  • «NBU» – 23,7%;
  • «Kapital bank» –24%;
  • «Davr bank» –24,2%.
Foto: Markaziy bank

Eng yuqori avtokredit stavkasi esa:

  • «Hamkor bank» – 29,6%;
  • «Infinbank» – 28,0%;
  • «Garant bank» –28%;
  • «Madad Invest bank» – 27,9%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda mikroqarzlar bozori bir yil ichida 2,3 baravarga o‘sgani haqida yozgandi.

Shuningdek