Batareyalarini o‘zi almashtirgan holda 24/7 ishlaydigan gumanoid robot taqdim etildi

22-iyul 2025 13:57 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Batareyalarini o‘zi almashtirgan holda 24/7 ishlaydigan gumanoid robot taqdim etildi. Foto: UBTech

Batareyalarini o‘zi almashtirgan holda 24/7 ishlaydigan gumanoid robot taqdim etildi. Bu haqda UBTech Robotics xabar berdi.

Kompaniya Walker S2 nomli yangi gumanoid robotini taqdim etdi. Bu robot ikki dona batareyaga ega bo‘lib, ularni o‘zi mustaqil ravishda almashtira oladi.

Batareya qanday almashtiriladi

Yaqin orada ishlab chiqarilishi kutilayotgan mazkur ishchi robot orqa tomonida ikkita batareya bo‘linmasiga ega bo‘ladi. Qachonki bir batareya quvvati tugay boshlasa, robot sanoat korxonasiga o‘rnatilgan almashtirish stansiyasiga boradi, tanasining yuqori qismini burab, qo‘llaridagi moslamalar yordamida ishlatilgan batareyani chiqarib olib, yangisini o‘rniga qo‘yadi.

Yuqoridagi videoda Walker S2 robotining ishlab chiqarish liniyasida ishlashi uchun zarur bo‘lgan mohir qo‘llari almashtirish jarayonida vaqtincha boshqa asboblar bilan almashtirilganini ko‘rish mumkin. Ammo yakuniy modelda qo‘l sohasida ham batareyani qulfdan chiqarib olish va uni o‘rniga qo‘yish uchun maxsus moslama bo‘lishi, bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarishdagi vazifalarni bajarish imkoniyati saqlanishi kutilmoqda.

Robot qachon dam oladi

Natijada robot deyarli 24 soat uzluksiz ishlay oladi. Batareya almashtirish stansiyalari zavod hududida batareyalarni quvvatlantirib turadi. S2 uchun yagona tanaffus — yaqin stansiyaga borib, quvvati tugayotgan batareyani chiqarib, quvvatlanib bo‘lgan yangi batareyani o‘rniga qo‘yish jarayonidagi bir necha daqiqalik vaqt bo‘ladi.

Har bir batareyaning texnik holati almashtirish stansiyalarida kuzatib boriladi va quvvat sig‘imi pasayib ketgan batareyalar texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan almashtiriladi.

Shenzhen shahri kompaniyasi bo‘lgan UBTech hozircha ushbu yangi gumanoid haqida batafsil ma’lumot bermagan.

Foto: UBTech

New Atlas nashriga ko‘ra, S2 bosh qismidagi kameralar yordamida quvvatlangan batareyalar qatoridagi yashil chiroqni aniqlaydi. So‘ng batareyani mustaqil ravishda turli ishlab chiqarish sharoitlarida almashtiradi.

Robot odamga o‘xshash yurish uslubiga ega bo‘lib, bo‘yi taxminan 170 sm (5,6 fut) bo‘lishi kutilmoqda. Robotning yuz qismida sensorlar ostida rangli displey o‘rnatilgan. Bu ishlab chiqarish liniyasidagi odamlar uchun holat haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, orqa qismida xavfsizlik uchun favqulodda o‘chirish tugmasi ham mavjud.

Avvalroq Hugging Face Reachy Mini robotlari savdosi boshlangani haqida yozgandik.

Robot ikki modelda taqdim etilgan: Reachy Mini Wireless ($449) – simsiz versiya va Reachy Mini Lite ($299) – tashqi kompyuterga ulanadigan model.

Ikkalasi ham Python tilida dasturlanadi va Hugging Face Hub bilan integratsiyalangan. Ular sun’iy intellekt ishlab chiquvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, AI ilovalarni yaratish va sinovdan o‘tkazishga yordam beradi.

Shuningdek