
Yanvar – iyun oylarida 73,1 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan 2025-yilning yanvar-iyun oylari bo‘yicha avtomobil ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi.
Damas ham ancha yuqori natijani qayd etdi — 46 ming dona. Maxsus yengil avtomobillar segmentida esa 23 ming dona bilan so‘nggi besh yillikning eng yuqori darajasi qayd etildi.
Chevrolet Tracker o‘z pozitsiyasini mustahkamladi. Modeldan yarim yilda 22,8 ming dona ishlab chiqarildi. KIA ishlab chiqarilishi o‘tgan yilga nisbatan oshib, 11,7 ming donaga yetdi. Onix biroz pasaygan bo‘lsa-da, hali ham 17 mingdan ortiq ko‘rsatkichni ushlab turibdi.
Model | 2023-yil | 2024-yil | 2025-yil |
---|---|---|---|
Cobalt | 49 458 | 72 948 | 73 102 |
Damas | 34 944 | 38 953 | 45 992 |
Gentra | 37 084 | 12 635 | – |
Maxsus AV | 11 775 | 12 804 | 23 351 |
Tracker | 15 071 | 21 497 | 22 847 |
Onix | 11 222 | 17 432 | 17 249 |
KIA | 7 626 | 9 270 | 11 763 |
Chery | 4 163 | 4 160 | 4 131 |
Haval | — | 542 | 3 538 |
BYD | — | – | 7 000 |
Xitoy brendlari orasida barqarorlik saqlanmoqda. Chery avtomobillari 4,1 ming dona bilan o‘tgan yillardagi darajasini deyarli saqlab qolgan. Haval esa keskin o‘sdi: 2024-yilda atigi 542 dona ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu yilgi ko‘rsatkich 3,5 ming donani tashkil etdi.
BYD 2025-yilning birinchi yarmida 7 ming dona avtomobil ishlab chiqargan.
Ma’lumot o‘rnida, Chevrolet Gentra ishlab chiqarilishi 2024-yilda yakunlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt qo‘shni davlatlarda qanday narxda sotilayotgani haqida maqola e’lon qilgan edi.