
IT Home nashri xitoylik bloger tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarga tayanib, Huawei’ning yangi bukiluvchi smartfoni haqida ilk tafsilotlarni e’lon qildi. Taqdim qilinadigan qurilma Huawei Mate X7 bo‘lishi kutilmoqda.
Ekran va dizayn
Yangi qurilma widescreen (keng ekranli) nisbati biroz nozik sozlangan ekran formatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, korpus ingichka va yengil dizaynda bo‘lishi aytilmoqda. Ichki ekran 7.95 dyuymli, 2K COE LTPO+UTG texnologiyasiga asoslangan bo‘lishi kutilmoqda.
Batareya va ishlash
Huawei yangi modelda 5500 mA/soat atrofida sig‘imga ega batareyani sinovdan o‘tkazmoqda. Bu o‘tgan yili chiqarilgan Mate X6 modelidagi 5110 mA/soat batareyaga nisbatan sezilarli yaxshilanish hisoblanadi.
Kamera
Huawei Mate X7 ikki xil asosiy kamera variantini sinovdan o‘tkazmoqda:
- 50 MP, 1/1.56 dyuymli sensor
- 50 MP, 1/1.3 dyuymli sensor
Bundan tashqari, periskopli telefoto makro obyektiv ham kiritilishi kutilmoqda. Bu obyektiv ham 50 MP bo‘lishi mumkin.
Yangi funksiyalar
Qurilma «PC breaking wall» nomi bilan atalgan yangi funksiya bilan jihozlanadi. Bu funksiya hali rasman ochiqlanmagan bo‘lsa-da, Huawei kompyuter bilan integratsiyani yangi darajaga olib chiqishi mumkin.
Avvalgi model bilan solishtirish
Oldingi model – Huawei Mate X6 2023-yil dekabrda chiqarilgan bo‘lib, 7.93 dyuymli ekran, 5110 mA/soat batareya va besh xil rangda taqdim etilgan. Uning boshlang‘ich narxi 12 999 yuan (12 GB RAM + 256 GB xotira) edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Huawei Pura 80 smartfonlar global bozorga chiqqani haqida xabar bergan edi.