Yangiliklar

Jizzaxga olti oy ichida $662 million investitsiya jalb qilindi

200 ta loyiha ishga tushdi
Jizzaxga olti oy ichida $662 million investitsiya jalb qilindi / Foto: President.uz

Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2025-yilgacha $2 mlrd investitsiya jalb etish, $285 mlnlik eksportga erishish va 168 ming kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrif buyurib, qabul qilingan qarorlar natijasini o‘rgandi.

Foto: President.uz

O‘tgan olti oyda viloyatda sanoat, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 200 ta loyiha ishga tushirilib, 662 million dollar investitsiya kiritildi. Zomin tumanida esa «Islohotlar shtabi» tashkil etildi.

Qishloq xo‘jaligida «Agromarkaz» faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Zomin ilmiy tajriba stansiyasida xorijiy va mahalliy navlarga asoslangan kartoshkachilik klasteri barpo qilindi. Urug‘ tayyorlash jarayoni soddalashtirilib, 2 yilda tayyor bo‘ladigan yuqori avlod urug‘liklar aholi xonadonlariga bepul tarqatiladi.

Foto: President.uz

Turizm sohasi ham rivojlanmoqda. «Zomin» rekreatsion zonasi, yangi yo‘llar va sayilgohlar buning isboti. «Aydar–Arnasoy» ko‘llari bo‘yida zamonaviy turizm markazi barpo etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Zomin tumanida 300 o‘rinli madaniyat saroyi va san’at maktabi qurilishi belgilangan. Bu muassasalar «Zomin sayqali» folklor jamoasi va 13 ta to‘garakka xizmat qiladi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zominda $150 millionlik yangi maishiy texnika zavodi ishga tushishi haqida yozgan edik.