O‘zbekiston va SOCAR Ustyurtda neft qazib olishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Shuningdek, xorijiy hamkorlar yordamida soha mutaxassislarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston va SOCAR Ustyurtda neft qazib olishni rejalashtirmoqda. Foto: TurkicWorld

O‘zbekiston va SOCAR Ustyurtda neft qazib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bugingi kunda Toshkent murakkab konlarda foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, xorijiy hamkorlar yordamida soha mutaxassislarini tayyorlash va tarmoqqa raqamli texnologiyalarni joriy etish ishlari olib borilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev mavjud quduqlar samaradorligini oshirish orqali energiya resurslarini qazib olishda zamonaviy burg‘ulash usullarini qo‘llash muhimligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov «O‘zbekiston 24»ga bergan intervyusida prezidentning Ozarbayjonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi muhokama qilinganini ta’kidladi.

Jumladan, Ozarbayjonning davlat kompaniyasi SOCARni istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlariga jalb etish, hujjatlarni tayyorlash jarayoni va ishlarni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

«Prezidentning davlat tashrifi chog‘ida Ustyurt mintaqasidagi konlarda neft qidirish va qazib olish bo‘yicha SOCAR bilan kelishuvga erishildi. Qisqa vaqt ichida barcha hujjatlar tayyorlandi va shu hafta oxirigacha kompaniya bilan taqsimot bitimini imzolash rejalashtirilgan», — deydi vazir.

Shu bilan birga, prezident ushbu kelishuv asosida amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish, ularni oylar kesimida va 2025-yil yakunigacha, bundan tashqari, keyingi yillarda ham qilinadigan vazifalarni belgilash bo‘yicha topshiriq berdi. Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy sheriklar bilan ishlashda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va jarayonlarni yangi tartib asosida yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan to‘rtta viloyatda yangi gidroelektr stansiyalar ishga tushirilishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek