O‘zbekistonda lazerli nur tarqatkichlarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik belgilanmoqda

eʼlon qilindi
Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi
O‘zbekistonda lazerli nur tarqatgichlarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik belgilanmoqda. Foto: ochkov.net

O‘zbekistonda portativ lazer nur tarqatkichlarini noqonuniy olib kirish va ishlatish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi rejalashtirilmoqda. Bu masala Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi doirasida muhokama qilindi.

Deputatlarning fikricha, so‘nggi paytlarda mamlakatga portativ lazerli nur tarqatkichlarni qonunga xilof ravishda olib kirish va ulardan foydalanish holatlari ko‘paymoqda. Bu holat fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradi.

Shuningdek, havo kemalari parvozlari xavfsizligi va jamoat tartibiga ham jiddiy tahdid soladi. Qonun loyihasiga ko‘ra, portativ lazerli nur tarqatkichlarning qonunga xilof muomalasi uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Unda portativ lazerli nur tarqatkichlar muomalasini nazorat qilish va ta’sir choralarini kuchaytirish, ushbu sohada huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ulardan jabrlanish holatlarining oldini olish maqsadlari belgilangan.

Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ikkinchi o‘qishida qabul qilindi.

Bundan oldin O‘zbekistonda salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar markirovka qilish uchun lazerlardan foydalanishi haqida yozgandik.

Shuningdek