Qozog‘iston – O‘zbekiston chegarasida 450 metrli yashirin tunnel aniqlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan besh nafar Qozog‘iston fuqarosi qo‘lga olindi
Qozog‘iston – O‘zbekiston chegarasida 450 metrli yashirin tunnel aniqlandi / Foto: Videodan olindi

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan 450 metrli yerosti tunnel orqali yonilg‘i-moylash mahsulotlari kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilayotgani aniqlanib, xavfsizlik xodimlari tomonidan fosh etildi. Bu haqda Tengri News nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, maxsus operatsiya davomida tunnel butunlay yopildi. Jinoyat sxemasi ikki oy davomida faol bo‘lgan bo‘lib, xorijdan moliyalashtirilgan, barqaror logistika va tashuv yo‘li yo‘lga qo‘yilgan. Operatsiyada Qozog‘iston va O‘zbekiston huquqni muhofaza etuvchi idoralari hamkorlik qilgan.

Natijada besh nafar Qozog‘iston fuqarosi qo‘lga olindi, jinoyat ishi sudga oshirildi. O‘zbekiston hududida ham barcha ishtirokchilar aniqlanib, chora ko‘rildi. Mazkur ish «kulrang eksport»ga qarshi kurashda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya qamoqxonasidan tunnel qazib qochgan besh nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qilgan edi.

Shuningdek