
Qozog‘istondan O‘zbekistonga 500 bosh yosh sayg‘oq ko‘chiriladi. Mutaxassislar ularning mahalliy muhitga moslashuv jarayonini o‘rganadi.
2025-yil iyul oyida g‘arbiy Qozog‘iston viloyatida sayg‘oq populyatsiyasini nazorat qilish bo‘yicha rasmiy dastur boshlangan edi. Ushbu dastur doirasida mavjud populyatsiya sonini 2,3 milliondan ortiq boshdan 460 ming boshga nazoratli tarzda kamaytirish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Ekologiya vazirligi Qozog‘istondagi sayg‘oqlarning bir qismini O‘zbekistonga ko‘chirish tashabbusi bilan chiqdi.
Vazir Aziz Abduhakimovning ta’kidlashicha, Qozog‘iston Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda 500 bosh yosh sayg‘oq O‘zbekistonga ko‘chiriladi. Ushbu tashabbus kamyob turni asrab qolish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston Koreyaga olti bosh xizmat itini eksport qilgani haqida yozgandik.
Labrador zotiga mansub bu itlar Toshkentdagi Milliy kinologiya markazida «Giyohvand vositalarni qidirish» yo‘nalishida tayyorlangan.