O‘zbekistonda sakkiz nafar ayol 50 yoshdan keyin ona bo‘lgan – statistika

eʼlon qilindi
Bu yoshda ota bo‘lganlar soni esa 1394 nafar
Sakkiz nafar ayol 50 yoshdan keyin ona bo‘lgan – statistika / Foto: Sun’iy intellekt

Adliya vazirligi FHDY sohasidagi 2025-yil 1-yarim yillik natijalarini e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, bu davrda respublika bo‘ylab 95,2 mingdan ziyod nikoh qayd etilgan bo‘lib, o‘rtacha nikoh yoshi 24 yoshni tashkil qilgan.

Shuningdek, 34,3 ming nafar ayol turmush o‘rtog‘i familiyasini olgan. 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida (2170 ta) qayd etilgan bo‘lsa, 50 yoshdan yuqori yoshda tuzilgan nikohlar soni 669 tani tashkil etib, bu Toshkent shahrida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan.

Shuningdek, 40 yoshdan keyin ota bo‘lganlar soni 3 ming nafarni tashkil etgan bo‘lib, shundan 45 yoshdan keyin farzand ko‘rganlar soni 915 nafar. 50 yoshdan keyin ota bo‘lgan erkaklar 1,3 ming nafarga yetgan. 60 yoshdan keyin farzandli bo‘lganlar soni esa 257 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 70 yoshdan keyin ham 17 nafar erkak ota bo‘lgan. 42 nafar ona 45 yoshdan keyin ona bo‘lgan bo‘lsa, sakkiz nafar ayol 50 yoshdan keyin bu baxtga erishgan.

Shuningdek, 10,3 mingta egizak tug‘ilishi holati qayd etilgan bo‘lib, ular orasida eng ko‘p tug‘ilish Samarqandda, eng kam esa Sirdaryoda kuzatilgan.

Tug‘ilish bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichda esa Samarqand (48,7 mingta), Farg‘ona (45,5 mingta) va Qashqadaryo (44,2 mingta) viloyatlari yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi 3,7 foizga kamaygani haqida yozgan edik.

Shuningdek