Samsung Galaxy S23 smartfonining kamerasida muammo yuzaga keldi

22-iyul 2025 12:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung
Rasm Sora SI yordamida sayqallangan

Foydalanuvchilar Samsung Galaxy S23 smartfonining kamerasi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda Android Police xabar bermoqda.

Samsung Galaxy S23 smartfonlari Android 15 asosidagi One UI 7 interfeysini joriy yilning aprel oyida oldi. Yangilanish avvaliga muammosiz ishlagani aytilgan edi. Biroq oradan vaqt o‘tib, foydalanuvchilar kameraning sifati yomonlashganidan shikoyat qila boshladi.

Samsung Community forumi va Reddit’da yozilgan fikrlarga ko‘ra, kamera suratlari endi juda xira chiqmoqda. HDR tasvirlari bilan Samsung qurilmalari endi bunday natijani bermayapti. Ayrim foydalanuvchilar esa suratlar xira tushishini va kamera ilovasining sekin ishlashini qayd etgan.

Ba’zilar suratga olinganidan keyin oldindan ko‘rish funksiyasi faqat 2-3 soniya o‘tgach ishlashini bildirgan. Kameralar o‘rtasida almashishda ham 3 soniyagacha kechikish bo‘layotgani qayd etilgan.

Samsung bu muammoni hozircha rasmiy tan olmadi. Kompaniya hozirda One UI 8 interfeysini tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan ayrim foydalanuvchilar Galaxy Z Fold7 to‘liq ochilmasligidan shikoyat qilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek