Samsung, Huawei va Apple’ning yangi qurilmalari haqida ma’lumotlar tarqaldi

22-iyul 2025 13:15 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
smartfonlar
Samsung, HUAWEI va Apple’ga oid yangi qurilmalar haqida ma’lumotlar tarqaldi / Foto: Tech Radar

Samsung, HUAWEI va Apple brendlariga oid yangi qurilmalar haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda 4pda nashri xabar bermoqda.

Samsung kompaniyasining arzon Galaxy Tab S10 Lite plansheti relizdan oldin oshkor bo‘ldi. Qurilma Android 15 operatsion tizimi, Exynos 1380 protsessori, 6 GB tezkor xotira va 25 vattli tez zaryadlash funksiyasiga ega bo‘ladi. Uning narxi $299 – 349 atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: 4pda

Shuningdek, Huawei 6480 – 6600 mA·soat sig‘imli akkumulyatorga ega smartfon ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Qurilma kremniy-uglerod texnologiyasiga asoslangan batareyaga ega bo‘ladi. Model nomi aniqlanmagan, lekin bu nova 15 yoki Flip 2 bo‘lishi mumkin.

Foto: 4pda

Apple esa birinchi bukiluvchi smartfoni ustida ishlamoqda. Bloomberg muxbiri Mark Gurmanning xabariga ko‘ra, gadjet Samsung va Fine M-Tec kompaniyalari ishlab chiqargan displey va mexanizmlarga ega bo‘ladi.

Foto: 4pda

Qurilma dizayni Galaxy Z Fold’ga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Narxi $2 mingdan yuqori bo‘lishi mumkin. Uning taqdimoti 2026-yil kuziga rejalashtirilgan. Apple allaqachon iOS 27 operatsion tizimini ushbu yangi formatga moslashga kirishgan.

Avvalroq iOS 27 versiyasi buklanadigan ekranlar va ular uchun zarur bo‘lgan interfeys yechimlariga yo‘naltirilgan funksiyalarni o‘z ichiga olishini qayd etgan edik.

Mazkur tafsilotga ko‘ra, Apple bukiluvchi smartfonlarni aynan Xitoy bozoriga yanada chuqurroq kirib borish uchun tanlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor, Vivo va Xiaomi yangi qurilmalarini taqdim etishga tayyorlanayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek