Yangilangan GWM Tank yoʻltanlamasining tasvirlari taqdim etildi

22-iyul 2025 16:05 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
GWM Tank
Tank nomli yo‘ltanlamaslar namoyish etildi / Foto: GWM

Great Wall Motors kompaniyasi yangilanayotgan GWM Tank yo‘ltanlamaslariga oid bir nechta rasmiy tizerlarni e’lon qildi. Bu haqda ITHome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Tasvirlarga ko‘ra, yangi modellar yanada off-road imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Shuningdek, avtomobillarga sun’iy intellekt asosidagi yangi funksiyalar qo‘shiladi.

Foto: ITHome

Avvalroq internetda Tank 500 va Tank 700 modellari namoyon bo‘lgan edi. Ularda tomda lidar qurilmasi bor edi. Bu esa avtomobillarda Nvidia Orin X platformasiga asoslangan ilg‘or avtopilot tizimi bo‘lishini anglatadi.

Yana bir muhim yangilik — yangi Tank modellariga kuchli Hi4-Z gibrid tizimi o‘rnatiladi. Bu tizim allaqachon Tank 500 modelida mavjud bo‘lib, 863 ot kuchi ishlab chiqaradi.

Kompaniya Tank brendini faol rivojlantirmoqda. Yil yakunigacha Xitoy ichki bozorida 240 mingta Tank avtomobili sotilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek