Yangiliklar

To‘rtta viloyatda yangi gidroelektr stansiyalar ishga tushiriladi

Umumiy quvvati 162 megavatt bo‘lgan
To‘rtta viloyatda yangi gidroelektr stansiyalar ishga tushiriladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasida xorijiy hamkorlar bilan olib borilayotgan loyihalar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik choralari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ustyurtdagi konlarda Ozarbayjonning «Socar» kompaniyasi bilan birga neft qidiruv ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Soha raqamlashtirilmoqda, murakkab konlarni o‘zlashtirish va malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Tallimarjon va Sirdaryo hududlarida jami 2,6 ming megavattli yirik issiqlik elektr stansiyalari qurilmoqda, bu stansiyalar yiliga 20 mlrd kilovatt-soat elektr ishlab chiqaradi. Shuningdek, Toshkent, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 162 megavatt bo‘lgan yangi gidroelektr stansiyalar ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorijiy investorlar kengashi huzurida yangi kotibiyat tashkil etilishi haqida yozgan edik.