Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligi uchun 6,9 milliard so‘m ajratiladi

eʼlon qilindi
Loyihani «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi amalga oshiradi
Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligi uchun 6,9 milliard so‘m ajratiladi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Poytaxt ko‘cha va yo‘llarida harakat xavfsizligini oshirish va piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida 6,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov qaror qabul qildi.

Mazkur mablag‘ Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratilib, temir panjaralar o‘rnatish va boshqa xavfsizlik infratuzilmasini yaratishga yo‘naltiriladi. Loyihani «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi amalga oshiradi.

Shuningdek, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Toshkent shahar Kengashiga hisobot taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 1,8 mingta radar qayerlarda «yashiringan»i haqida yozgan edik.

Shuningdek