Eng yirik chip ishlab chiqaruvchi kompaniyaning kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshdi

eʼlon qilindi
U yirik kompaniyalarga chip yetkazib beradi
TSMC
TSMC kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshdi / Foto: Tom’s Hardware

Dunyoning eng yirik chip ishlab chiqaruvchisi TSMC ilk bor $1 trillionlik kapitalizatsiyaga erishdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Kompaniyaning aksiyalari 1150 tayvan dollari (taxminan $39,1) qiymatga chiqdi. Kapitalizatsiya esa 29,82 trillion tayvan dollarini, ya’ni $1,013 trillionni tashkil etdi. AQShdagi depozitariy kvitansiyalari ham o‘sishda davom etmoqda.

TSMC Apple va Nvidia kabi texnologik gigantlar uchun asosiy chip yetkazib beruvchi hisoblanadi. Investorlar kompaniya sun’iy intellekt sohasidagi talab fonida yanada kuchayishini kutmoqda.

Bloomberg yozishicha, TSMC’ning aksiyalari aprel oyidan buyon 50 foizga yaqin o‘sgan. Bu uni Osiyodagi ilk kompaniya sifatida $1 trillionlik kapitalizatsiyaga olib chiqdi.

2025-yilning ikkinchi choragida TSMC daromadi 39 foizga oshib, 933,79 mlrd tayvan dollariga ($31,7 mlrd) yetdi. Sof foyda esa 61 foizga o‘sib, 398,27 mlrd tayvan dollarini ($13,5 mlrd) tashkil etdi.

Goldman Sachs tahlilchilariga ko‘ra, sun’iy intellektga bo‘lgan talab kuchli bo‘lib qolmoqda va bu TSMC uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nvidia aksiyalari narxi bir kunda qariyb 155 dollarga yetgani haqida yozgan edi.

Shuningdek