VietJet Qazaqstan Turkistondan Samarqandga qatnovlarni 25-oktabrgacha uzaytirdi

eʼlon qilindi
1-sentabrdan boshlab qatnovlar yangilangan jadval asosida amalga oshiriladi
qazaq air
VietJet Qazaqstan Turkiston – Samarqand qatnovini 25-oktabrgacha uzaytirdi. Foto: Qazaq Air

VietJet Qazaqstan (sobiq Qazaq Air) aviakompaniyasi Turkiston – Samarqand – Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar dasturini 2025-yil 25-oktabrgacha davom ettirishini ma’lum qildi.

1-sentabrdan boshlab qatnovlar yangilangan jadval asosida amalga oshiriladi. Bu yo‘lovchilarga safarlarini yanada qulay va oson rejalashtirish imkonini beradi. Jumladan, juma va yakshanba kunlari quyidagi qatnovlar amalga oshiriladi:

  • IQ 509 reysi: Turkiston – Samarqand, jo‘nab ketish 12:45, yetib borish 14:15;
  • IQ 510 reysi: Samarqand – Turkiston, jo‘nab ketish 15:05, yetib borish 16:30.

Bir tomonlama chipta narxi 14 000 tengedan (332,1 ming so‘m) boshlanadi.

Bundan tashqari, quyidagi tranzit yo‘nalish ham taklif etilmoqda:

  • Ostona – Samarqand (Turkiston orqali): jo‘nab ketish 09:30, yetib borish 14:15;
  • Samarqand – Ostona (Turkiston orqali): jo‘nab ketish 15:05, yetib borish 19:20.

Bir tomonlama chipta narxi 41 000 tengedan (973 ming so‘m) boshlanadi.

Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yozgi mavsumda mazkur yo‘nalishga barqaror talab kuzatilgani sababli parvozlarni kuzgi davrda ham davom ettirishga qaror qilingan.

Mazkur yo‘nalishlarda chiptalarni rasmiy flyqazaq.com veb-saytida va barcha onlayn sayohat agentliklari orqali xarid qilish mumkin.

Avvalroq Air China Urumchi — Toshkent yo‘nalishida birinchi parvozni amalga oshirgani haqida yozgandik.

Shuningdek