Avto

Yangilangan Geely EX5 elektromobili qachon sotuvga chiqadi

Narxi hali aniq emas
Geely EX5
Yangilangan Geely EX5 elektromobili qachon sotuvga chiqadi / Foto: CarNewsChina

Geely kompaniyasi EX5 elektromobilining yangilangan modelini Xitoyda 24-iyul kuni oldindan sotuvga chiqaradi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Ushbu avtomobil Xitoyda Geely Galaxy E5 nomi bilan sotiladi. Yangilangan EX5 ikki yangi rang va kattaroq akkumulyator bilan taqdim etiladi. U 610 km masofani bosib o‘ta oladi.

Galaxy E5 modeli Xitoy bozoriga 2024-yil 5-iyulda chiqqan edi. Oradan bir yil o‘tib, u 25 dan ortiq mamlakatlarda sotildi. Xitoyda esa 130 mingdan ortiq nusxasi sotilgan. Geely International 2025-yil 4-iyul kuni EX5’ning dunyo bo‘yicha sotuvi 150 ming donaga yetganini ma’lum qilgan.

Geely Galaxy E5 qanday xususiyatlarga ega / Foto: CarNewsChina

2026-yilgi EX5’da tashqi ko‘rinishda katta o‘zgarish yo‘q. Faqat ikki yangi rang – «Tonggi Moviy» va «Kechki O‘rmon Yashili» qo‘shilgan. O‘lchamlari: 4615×1901×1670 mm. G‘ildirak bazasi 2750 mmni tashkil etadi.

Muhim jihati shuki, endi EX5 68,39 kVt/soatli ShenDun akkumulyatori bilan ham taklif etiladi. Bu akkumulyator old g‘ildirakdagi 160 kV (215 ot kuchi) quvvatli motorni ta’minlaydi. CLTC bo‘yicha yurish zaxirasi – 610 km. Oldingi modellarda esa 440 va 530 km yurish imkonini beruvchi kichikroq akkumulyatorlar bor edi.

Hozircha narxi hali e’lon qilinmagan. Hozirgi EX5 narxi 107 mingdan 179 ming yuangacha ($15 – 25 ming). Yangilangan EX5’ning boshqa davlatlarga qachon chiqishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Ammo katta akkumulyator eksport imkoniyatlarini oshirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Geely Monjaro krossoverining rasmlari va texnik tafsilotlarini e’lon qilingani haqida yozgan edi.