Zomin texnoparkida 250 million dollarlik loyihalar tadqimoti o‘tkazildi

eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyev loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
Zomin texnoparkida 250 million dollarlik loyihalar tadqimoti o‘tkazildi. Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Zomin texnoparkida $250 millionlik investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 400 gektar maydonda barpo etilayotgan ushbu yirik sanoat majmuasining birinchi bosqichida 9 ta loyiha bo‘yicha ishlar boshlangan. Ikkinchi bosqich doirasida yana 5 ta yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yangi bosqichda Xitoyning Longze Investment Group kompaniyasi bilan hamkorlikda xavfsizlik va tibbiyot uskunalari tayyorlanadi. Foxit kompaniyasi bilan esa noutbuk, planshet, server va router kabi texnikalar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, charm va sport poyabzallari, qurilish materiallari, chinni idishlar va kimyo mahsulotlari yo‘nalishidagi loyihalar ham mavjud.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ushbu loyihalarning umumiy qiymati qariyb $250 millionni tashkil etadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 70 foizi eksportga mo‘ljallangan bo‘lib, ular yuqori qo‘shilgan qiymatga ega.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu bilan birga, Jizzax viloyatida 2018-yilda atigi $18 million chet el investitsiyasi o‘zlashtirilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich $1 milliarddan oshgan. So‘nggi 8 yil ichida viloyatga umumiy $3,7 milliardlik sarmoya jalb qilindi. 4 mingdan ortiq sanoat korxonalari ishga tushirilgan. Chet el kapitallari ishtirokidagi korxonalar soni esa 260 tadan oshgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zomin texnoparkida ilk korxona ishga tushgani haqida yozgandi.

Shuningdek