23-iyul kuni e’lon qilingan muhim yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Dollar kursi yana oshdi
Samarkand, Registon
17-iyul kuni e’lon qilingan muhim yangiliklar dayjesti / Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

70 so‘mdan ko‘proqqa qimmatlagan dollar, noma’lum sanaga qoldirilgan asosiy stavkaga oid yig‘ilish, 3,1 foizga kamaygan gaz qazib olish hajmi, Click’ning 49 foizini sotib olgan Qozog‘iston banki – Kursiv Uzbekistan nashri tomonidan 23-iyul sanasida sodir bo‘lgan eng muhim yangilik va xabarlar bitta materialga jamlandi.

DXX raisi Afg‘oniston mudofaa vaziri bilan uchrashdi

DXX raisi Afg‘oniston mudofaa vaziri bilan uchrashdi
DXX raisi Afg‘oniston mudofaa vaziri bilan uchrashdi / Foto: Ariana News

O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmati raisi Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Kobulda Afg‘oniston milliy mudofaa vaziri v.b. Muhammad Yoqub Mujohid bilan uchrashdi. Bu haqda Ariana News nashri ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, chegara hududlaridagi hamjihatlik va aloqa o‘rnatish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Saudiya Arabistonini 3:1 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston Saudiya Arabistonini 3:1 hisobida mag‘lub etdi
O‘zbekiston Saudiya Arabistonini 3:1 hisobida mag‘lub etdi / Foto: O‘FA

22-iyul kuni «JAR» stadionida «Mirabror Usmonov kubogi – 2025» doirasida bo‘lib o‘tgan muhim futbol bahsida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

23-iyul kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda eng qulay kursda almashtirish mumkin

Valyuta kurslari
23-iyul kuni valyuta kurslari / Foto: Depositphotos

Banklar 23-iyul kungi xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish kurslarini yangiladi. Kursiv Uzbekistan nashri eng qulay valyuta kurslari haqidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.

Banklardan sotib olish

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 690 so‘m«Anorbank»
EUR14 660 so‘m«Infinbank»
RUB152 so‘m«Kapitalbank»

Banklarga sotish

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 660 so‘m«Universalbank»
EUR14 800 so‘m«Trastbank»
RUB163 so‘m«Hayotbank»

Tramp Yaponiya bilan yirik savdo kelishuvini e’lon qildi

Donald Tramp
Tramp Yaponiya bilan tarixiy savdo kelishuvini e’lon qildi / Foto: The Center Squire

AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiya bilan yirik savdo kelishuvini imzolaganini e’lon qildi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Bu kelishuvga ko‘ra, AQSh importchilari Yaponiya mahsulotlarini AQShga olib kirishda 15 foizlik boj to‘laydi. Bu «o‘zaro» (ikki tomonlama) tarif bo‘lib, yaponiyaliklar ham shunga o‘xshash boj to‘layotganiga javoban joriy etilgan. Shuningdek, Yaponiya AQSh iqtisodiyotiga $550 mlrdlik sarmoya kiritadi.

AQShga viza olish uchun 250 dollarlik yangi to‘lov joriy etildi

Foto: Shutterstock

AQShga safar qilishni rejalashtirayotgan deyarli barcha xorijliklar endi «Visa Integrity Fee» deb nomlangan yangi viza to‘lovni to‘lashlari kerak bo‘ladi. Mazkur $250 lik to‘lov shu yilning 1-oktabridan boshlab kuchga kiradi. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.

Ushbu to‘lov turistik maqsadda tashrif buyuruvchilarga, ishchi, talabalar hamda almashinuv dasturlari vizalariga ariza topshiruvchilar uchun majburiy bo‘ladi. Bu mablag‘ AQSh vizasi olish uchun hozirgacha to‘lanib kelinayotgan $185 dan tashqari undiriladi.

G‘azoda ochlikdan vafot etganlar soni 101 nafarga yetdi – Al Jazeera

G‘azo
G‘azoda ochlikdan vafot etganlar soni 101 taga yetdi / Foto: PBS

Bir kun ichida G‘azoda ochlikdan 15 kishi vafot etdi, umumiy qurbonlar soni 101 nafarga yetdi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Al Jazeera xabar bermoqda.

So‘nggi 24 soat ichida G‘azoda ochlikdan 15 kishi, jumladan, 4 nafar bola halok bo‘ldi. Umumiy hisobda urush boshlanganidan beri ochlik qurbonlari soni 101 nafarga yetdi, ulardan 80 nafari bolalar.

Avtomobilni chet elga olib chiqish huquqini ishonchnomaga kiritish taklif qilinmoqda

Avtomobilni chet elga olib chiqish huquqini ishonchnomaga kiritish taklif qilinmoqda. Foto: depositphotos

Avtomobilni chet elga olib chiqish huquqini ishonchnomaga kiritish taklif qilinmoqda. Bunga doir qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Loyihaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2006-yildagi 38-son qaroriga yangi qo‘shimcha kiritilib, endi avtomobilga beriladigan ishonchnomada uni chet davlatga olib chiqish huquqi bor yoki yo‘qligi aniq ko‘rsatilishi majburiy bo‘ladi.

Qibray tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

yong‘in
Qibray tumanida yong‘in sodir bo‘ldi / Foto: Ochiq manbalar

Qibray tumanida uy va do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar bermoqda.

23-iyul kuni soat 10:50 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qibray tumanidagi «G‘afur G‘ulom» mahallasida joylashgan uy va qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 11:17 da o‘rab olingan va 11:50 da to‘liq bartaraf etilgan.

Qozog‘istonning «Halyk Bank»i Click’ning 49 foiz ulushini sotib oldi

Foto: Sora sun’iy intellekti yordamida tayyorlandi

Qozog‘istonning «Halyk Bank»i O‘zbekistonning yetakchi to‘lov tizimi Click’ning 49 foiz ulushiga egalik qiladi. Bu bo‘yicha tomonlar strategik kelishuv imzoladi. Bu haqda London fond birjasida ma’lum qilindi.

Bitim doirasida «Halyk Bank» Click aksiyalarining 49 foizini $176,4 millionga sotib oldi. Shu bilan birga, Click aksiyadorlari «Halyk Bank»ning O‘zbekistondagi sho‘ba tashkiloti «Tenge Bank»dagi 49 foizlik ulushni $60,76 millionga xarid qildi.

O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 3,1 foizga kamaydi

O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 3,1 foizga kamaydi. Foto: Sean Gallup / Getty Images

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 21,7 milliard kub metr gaz qazib olingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,1 foizga kam.
Shu bilan birga, mamlakat gaz eksportini 50,5 foizga oshirib, $355 millionga yetkazdi. Gaz importi esa kamayib, $571,8 millionni tashkil etdi.

Markaziy bank asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishni qoldirdi

Foto: Markaziy bank Facebook sahifasi

24-iyul kuni Markaziy bank tomonidan asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi belgilangandi. Regulyator ushbu jarayonni noma’lum muddatga kechiktirganini xabar qildi.

«Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlari boʻyicha global makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va savdo hamkorlar iqtisodiyoti boʻyicha maʼlumotlar iyul oyining oxirida eʼlon qilinishi hamda ishlab chiqilayotgan makroiqtisodiy tahlil va prognozlarda ushbu yangilangan koʻrsatkichlar asos boʻlishini inobatga olib, Markaziy bank asosiy stavkasini koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi kechiktirildi va oʻtkazish sanasi alohida maʼlum qilinadi», — deyiladi xabarda.

Hindiston talabalarni O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohida o‘qimaslikka chaqirdi

Foto: rajastills / depositphotos.com

Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi (MTK) O‘zbekiston va Markaziy Amerikadagi ayrim tibbiyot universitetlarida tahsil olayotgan yoki o‘qishni rejalashtirayotgan talabalarni jiddiy ogohlantirdi. Bu haqda The New Indian Express nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Hindiston rasmiylari bu oliygohlarning tibbiy ta’lim sifati bo‘yicha mamlakat talablariga javob bermasligini ma’lum qilgan.

Dollar 12 760 so‘mdan oshdi

dollar kursi
23-iyul kuni dollar kursi qancha yuqoriladi / Foto: Depositphotos

Bugun, 23-iyul kuni dollar kursi 58,51 so‘mga yuqorilab, 12 762,53 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Valyuta birjasi  xabar bermoqda.

O‘zbekiston pasportining xalqaro reytingdagi o‘rni olti pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston pasportining xalqaro reytingdagi o‘rni 6 pog‘ona yuqoriladi. Foto: Kursiv Uzbekistan

Henley & Partners tomonidan e’lon qilingan 2025-yilgi pasport reytingida O‘zbekiston 74-o‘rinni qayd etdi. Bu ko‘rsatkich mintaqa bo‘yicha o‘rtacha daraja bo‘lib, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga qaraganda pastroq, ammo Tojikiston va Turkmanistondan yuqoriroq.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 22-iyul kuni e’lon qilingan muhim yangiliklar dayjesti haqida yozgandi.

Shuningdek