AQShga viza olish uchun 250 dollarlik yangi to‘lov joriy etildi

eʼlon qilindi
Shu yilning 1-oktabridan boshlab kuchga kiradi
Viza
AQShga viza olish uchun 250 dollarlik yangi to‘lov joriy etildi. Foto: depositphotos.com

AQShga safar qilishni rejalashtirayotgan deyarli barcha xorijliklar endi «Visa Integrity Fee» deb nomlangan yangi viza to‘lovni to‘lashlari kerak bo‘ladi. Mazkur $250 lik to‘lov shu yilning 1-oktabridan boshlab kuchga kiradi. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.

Ushbu to‘lov turistik maqsadda tashrif buyuruvchilarga, ishchi, talabalar hamda almashinuv dasturlari vizalariga ariza topshiruvchilar uchun majburiy bo‘ladi. Bu mablag‘ AQSh vizasi olish uchun hozirgacha to‘lanib kelinayotgan $185 dan tashqari undiriladi.

Yangi tartib vizadan voz kechish dasturiga kirmaydigan davlatlar fuqarolari uchun joriy etiladi. Ular orasida Xitoy, Hindiston, Nigeriya, Braziliya kabi mamlakatlari bor.

Boshqa tomondan viza imtiyozlari dasturi qatnashchilari bo‘lgan Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlardan keluvchilar, shuningdek, kanadaliklar va bermudliklar bu to‘lovdan ozod qilinadi. Yaqin Sharqdagi ayrim diplomatlar va rasmiy maqomdagi shaxslar ham istisnoga ega bo‘lishi mumkin.

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti agar tashrif buyuruvchi belgilangan muddatda mamlakatni tark etsa yoki vizasini ruxsat asosida o‘zgartirsa, to‘lov qaytarilishi mumkinligini keltirib o‘tgan.

Biroq bu jarayon qanday amalga oshirilishi, puli qanday va qachon qaytarilishi hozircha aniq emas. Immigratsiya yuristlari bu tizim murakkab bo‘lishi, hujjatbozlik va kechikishlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Texnik xatoliklar yoki qoidalarga to‘liq amal qilinmagan hollarda, to‘lovni qaytarib olish imkonsiz bo‘lishi ehtimoli bor.

Avvalroq «Kursiv» endi AQSh vizasiga topshiradigan o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarini ochib qo‘yishi kerakligi haqida yozgandi.

Shuningdek