Avtomobilni chet elga olib chiqish huquqini ishonchnomaga kiritish taklif qilinmoqda

Avtomobilni chet elga olib chiqish huquqini ishonchnomaga kiritish taklif qilinmoqda. Bunga doir qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Loyihaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2006-yildagi 38-son qaroriga yangi qo‘shimcha kiritilib, endi avtomobilga beriladigan ishonchnomada uni chet davlatga olib chiqish huquqi bor yoki yo‘qligi aniq ko‘rsatilishi majburiy bo‘ladi.
Xuddi shunday qoida 2020-yildagi 726-son qaror bilan tasdiqlangan notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash reglamentiga ham kiritiladi.
Bundan tashqari, 2023-yildagi 613-son qarorga kiritilayotgan o‘zgarishga muvofiq, elektron ishonchnoma rasmiylashtirilganda ham avtomobilni chet davlatga olib chiqish huquqi bor yoki yo‘qligi alohida ko‘rsatilishi shart bo‘ladi.
Avvalroq haydovchilar endi jarimalarni «Safe Road» ilovasidan bilib olishi mumkinligi haqida yozgandik.