G‘azoda ochlikdan vafot etganlar soni 101 nafarga yetdi – Al Jazeera

eʼlon qilindi
Bir sutkaning ichida 15 kishi
G‘azo
G‘azoda ochlikdan vafot etganlar soni 101 taga yetdi / Foto: PBS

Bir kun ichida G‘azoda ochlikdan 15 kishi vafot etdi, umumiy qurbonlar soni 101 nafarga yetdi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Al Jazeera xabar bermoqda.

So‘nggi 24 soat ichida G‘azoda ochlikdan 15 kishi, jumladan, 4 nafar bola halok bo‘ldi. Umumiy hisobda urush boshlanganidan beri ochlik qurbonlari soni 101 nafarga yetdi, ulardan 80 nafari bolalar.

So‘nggi haftalarda o‘lim holatlari keskin oshgan. Seshanba kuni halok bo‘lganlar orasida olti haftalik go‘dak ham bor. Ulardan biri G‘azo shahrining shimolidagi, ikkinchisi esa Xon Yunusdagi kasalxonada vafot etgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda vaziyat shu qadar og‘irki, hatto shifokorlar va gumanitar xodimlar ham ochlik va charchoqdan hushidan ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan G‘azo bo‘yicha sulh muzokaralari vaqtinchalik to‘xtab qolgani haqida yozgan edi.

Shuningdek